Baliqchilik va parrandachilik, tovuqxona qurish va tovuq sotib olish bo’yicha biznes reja

5,999.00 UZS

Loyiha haqida ma’lumotlar:
Loyihaning umumiy quvvati: kuniga o’rtacha 600 dona tuxum va 50 kg baliq yetishitirish;
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: tovuq go’shti, baliq go’shti va tuxum yetishtirish;
O’rtacha yillik daromad: 12 600 000.00 so’m;
Biznes reja 13 betdan iborat;
Hajmi: 815.00 kB.

Biznes reja bugungi kunda bozor talablarini o’rgangan holda o’z faoliyatiga ko’ra baliqchilik va parrandachilikni tashkil qilib sifatli baliq mahsuloti va parranda go’shti yetishtirishni maqsad qilgan biznesmenlar uchun mo’ljallangan.
Ushbu loyihaga asosan xususiy korxona baliqlarni boqib ko’paytirish uchun baliq urug’lari, parranda va omuxta yem sotib oladi, baliq xavzasi va parrandachilik fermasiga qulaylik yaratish maqsadida sim yog’och orqali elektr toki tortiladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun yuridik maqomga ega bo’lgan xususiy qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish korxonasiga 10 000 000 (o’n million) so’m mablag’ kerak bo’lib shu mablag’ kredit sifatida yillik 18 % ustama to’lash sharti bilan olinadi.

Biznes rejaning tarkibiy qismi
1. Bozor iqtisodiyotining tahlili
2. Qarz oluvchi to’g’risida malumot
3. Loyihaning asosiy maqsadi
4. Moliyaviy reja
– Birinchi chorakda
– Ikkinchi chorakda
– Uchinchi chorakda
– To’rtinchi chorakda
5. Kredit va uning foizining qaytarilishi