Tuyaqush go’shti, momiq pati va boshqa yarim tayyor mahsulotlar yetishtirish bo’yicha BIZNES REJA

19,998.00 UZS

Loyiha haqida ma’lumotlar:
Loyihaning umumiy quvvati: 100 bosh tuyaqush boqish va ulardan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar yetkazish;
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: parranda go’shti, momiq patlar va ikkilamchi mahsulotlar;
Yillik yalpi daromad: 263 054 000.00 so’m;
Biznes reja 18 betdan iborat;
Hajmi: 647.00 kB.

Kategoriya: Teg:

Mazkur biznes reja bugungi kunda O’zbekistonda keng miqyosda rivojlanib borayotgan, nisbatan yangi soha bo’lmish tuyaqushchilikni rivojlantirish istagida bo’lganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ayni damda serdaromad bizneslar qatoriga kiritiladi.
Biznes reja tuyaqush go’shti, momiq pati va boshqa yarim tayyor mahsulotlar yetishtirishni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, loyihani amalga oshirish bosqichlarini o’zida to’liq va batafsil yoritadi. Biznes rejada har bir band bo’yicha batafsil tahlil keltiriladi. Jumladan, ichki va tashqi bozorlar tahlili, investitsion loyihaning ob’ekti va uning yo’nalishlari, investitsion loyihani amalga oshirish grafigi, xarajat va daromadlar, moliyaviy rejalar va boshqalar batafsil yoritiladi.

Biznes reja quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. Biznes rejaning maqsadi va mazkur biznesning vazifasi.
2. Xo’jalik subekti va uning tayyor mahsulotlari.
2.1. Xo’jalik subektining manzili va uning tasarrufidagi mol-mulklari.
2.2. Korxonaning tayyor mahsulotlari va unga tegishli texnologiyalar.
3. Investitsiya rejasi.
4. Mahsulotning bozor sharoitida tahlili.
4.1. Bozor sharoitida tayyor mahsulotlarga talabning tahlili.
4.2. Xom-ashyoning tahlili.
5. Ishlab chiqarish rejasi.
5.1. Ishlab chiqarish hajmining hisobi.
5.2. Xarajatlarning hisobi.
5.3. Foyda va samaradorlik hisobi.
6. Marketing va sotish strategiyasi.
7. Moliyaviy reja. Kreditning yopish grafigi.
8. Loyihaning unimdorligi hisobi va tavakalchilik tahlili.
Xulosa.