Do'kon

Eng go’zal ayollar yashaydigan mamlakatlar nomi ma’lum qilindi

Go’zallik olamiga ixtisoslashgan Missology portali ekspertlari xalqaro go’zallik tanlovlaridagi natijalarga asoslanib, eng go’zal ayollar mamlakatlari reytingini tuzdi. Bu haqda “MK.ru”ga tayanib Daryo xabar berdi.

Birinchi o’rindan Venesuela joy olgan. Bu mamlakat go’zallari turli go’zallik tanlovlarida eng ko’p yutuqli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Yaqinda mazkur mamlakat vakili Stefani Guterres “Koinot go’zali” tanlovida ikkinchi o’rinni egallagan. Ikkinchi qatorga Filippin joylashgan bo’lsa, uchinchi o’rinni Meksika band etgan.

To’rtinchi va beshinchi o’rinlarga Janubiy Afrika va Vyetnam munosib topilgan.