Do'kon

Olis o’tmishga qaytish bahosi atigi 400 dollar turarkan

Bu yerda gap asosan Uchinchi jahon urushi xususida boradi. Fizik olim Jim Uilsonning izlanishlar natijasi shuni ko’rsatdiki, Uchinchi jahon urushi boshlangach, unga faqat elektromagnitli bomba barham bera oladi. Bombani yasash uchun atigi 400 dollar mablag’ zarur bo’ladi. Shunga yarasha urush to’xtaydi.

Lekin bomba portlagandan keyin odamlar kuchli shovqinga guvoh bo’ladi. Shundan so’ng zamonaviy texnologiya yo’qqa chiqadi. Hatto, o’chirib qo’yilgan yoritkichlar, televizorlar, kompyuterlar va boshqa uskunalar hech qachon ishlamas holatga keladi. Elektr quvvati ham yo’q qilinadi. Avtomobillar oddiy temirga aylanadi. Shunday qilib, odamlar 200 yil ortga qaytadi. Hayotimizda na elektr, na zamonaviy texnologiya mavjud bo’ladi.

Manba: Hordiq.uz