Do'kon

Dunyodagi eng aqlli mamlakatlar qaysiligini bilasizmi?

Vouchercloud sayti tomonidan “Dunyoning eng aqlli mamlakatlari” ro’yxati e’lon qilindi.

Royxat Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o’rtacha IQ darajasi va maktablardagi o’zlashtirish darajalari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, unda dunyoning 25 mamlakatlari baholangan.

Ro’yxatda dunyoning eng aqlli mamlakati sifatida Yaponiya birinchi o’rinni egallabdi. Undan keyingi o’rinlarga Shveytsariya va Xitoy loyiq ko’rilibdi.

Ahamiyatli jihati shundaki, ro’yxatda Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Janubiy Koreya, Gong Kong, Tayvan va Singapur davlatlari aholining o’rtacha IQ darajasi va maktablardagi o’zlashtirish darajalari bo’yicha eng yuqori natijalarni ko’rsatishgan. Biroq, ularda Nobel mukofoti laureatlari sonining kamligi hisobiga ularning reytingdagi o’rni pastlagan.