Do'kon

Insoniyatga qimmatga tushgan halokatlar(Top 10)

Insoniyat o’z hayotini o’zi quradi, lekin urinishlarimiz har doim ham muvaffaqiyatli yakunlanavermaydi. Quyida insoniyatga qimmatga tushgan eng yirik halokatlar haqida hikoya qilamiz. Bunda faqat iqtisodiy zarar qiymati(aqsh dollarida) hisobga olingan.

#10. Titanik kemasining halokati – $150 mln.

Titanik kemasi 1912-yil 15-aprelda halokatga uchragan. Eng hashamatli okean layneri hisoblanadigan Titanik o’zining ilk sayohatidayoq Atlantika ummoni qa’riga g’arq bo’lgan. Bu mashhur kema bortida 1309 yo’lovchi va 898 kema ekipaji a’zolari bo’lib, ulardan bor-yo’gi 712 kishi qutqarilgan. Kemani qurish uchun $7 mln. (hozirgi hisobda $150 mln.) sarflangan edi.

#9. Viltal ko’prigidagi halokat – $358 mln.

2004-yil 26-avgustda Germaniyadagi Viltal ko’prigida 32 tonna yonilg’i yuklagan avtosisterna va yengil avtomobil to’qnashib ketdi. Boshqaruvni yo’qotgan tanker 27 metr balandlikdan qulab tushgan va portlash oqibatida ko’prikning chidamlilik darajasiga zarar yetgan. Uni qayta tiklash ishlari esa $358 mln.ni tashkil etgan.

#8. Poyezdlar to’qnashuvi – $500 mln.

2008-yil 12-sentabrda Kaliforniya tarixidagi eng yirik poyezdlar halokati sodir bo’ldi. Metrolink yo’lovchi poyezdi va “Union Pacific” yuk poyezdi to’qnashuvi oqibatida 25 kishi halok bo’lgan. Halokatga telefonida sms yozish bilan band bo’lgan konduktor aybdor deb hisoblanadi. Halokat Metrolink kompaniyasiga $500 mln.ga tushgan.

#7. B-2 qiruvchi samolyot halokati – $1.4 mlrd.

B-2 qiruvchi samolyoti 2008-yil 23-fevralda Guam aviabazasida parvozni boshlagach, bir necha daqiqadan so’ng qulab tushgan. Halokat sababchisi namlik tufayli kelib chiqqan parvoz nazorat tizimi nosozligi hisoblanadi. Bu halokat aviahalokatlar tarixida eng qimmatga tushgani hisoblanadi.

#6. “Exxon Valdez” – $2.5 mlrd.

1989-yil 24-martda “Exxon Valdez” kompaniyasiga tegishli tanker boshqaruvchisi Jozef Heyzlvud kema boshqaruvini nazoratsiz qoldirishi oqibatida tanker marjon qoyalarga urilgan va 300 ming barreldan ortiq neft to’kilib ketgan. Uni yig’ishtirib olish ishlari esa $2.5 mlrd.ga tushgan.

#5. “Piper Alpha” neft platformasida yong’in – $3.4 mlrd.

“Piper Alpha” bir paytlar dunyodagi eng yirik neft qazuvchi platform bo’lgan. Kuniga 307 000 barrel neft qazib chiqarilgan. 1988-yil 6-iyulda texniklar almashtirishni unutgan bitta xavfsizlik klapani tufayli yong’in kelib chiqqan va 2 soat ichida butun platformani olov qurshab olgan. 167 ishchi halok bo’lgan.

#4. “Challenger” fazo kemasi halokati- $5.5 mlrd.

“Challenger” fazo kemasi 1986-yil 28-yanvarda parvozning 73-soniyasida portlab ketgan. Fazo kemasini qurishga $2 mlrd. (hozirgi hisobda $4.5 mlrd.) sarflangan edi. Tadqiqot harajatlari, yo’qotilgan jihozlar esa $450 mln.ga (hozirgi hisobda 1 mlrd.) baholangan.

#3.”Prestige” neft tanker halokati – $12 mlrd.

2002-yil 13-noyabr kuni 77 000 tonna neft ortgan “Prestige” tankeri Ispaniya qirg’oqlari yaqinida to’fonga uchraydi. Kema halokatidan cho’chigan kapitan Ispaniya qutqaruv xizmatini yordamga chaqiradi. Biroq yordam o’rniga Ispaniya sohillarini tark etishni talab qilishadi. Fransiya va Portugaliya yordam berishdan bosh tortadi. Shunday qilib, to’fon kemani g’arq qiladi. Okeanga to’kilgan neftni tozalash esa ja’mi $12 mlrd.ga tushadi.

#2. “Columbia” fazo stansiyasi halokati – $13 mlrd.

2003-yil 1-fevralda portlab ketgan ushbu Shatl halokati uni qayta tiklash harajatlarini hisobga olmaganda $13 mlrd.ni tashkil etgan.

#1. Chernobl fojeasi – $200 mlrd.

1986-yil 26-aprelda insoniyat tarixdagi eng daxshatli halokat guvohi bo’ldi. Chernobl fojeasi tinchlik vaqtidagi eng yirik ijtimoiy-iqtisodiy halokat hisoblanadi. Ukraina hududining deyarli yarmi u yoki bu darajada zararlangan. 200 000 aholi evokuatsiya qilingan, fojea zararini boshdan kechiraganlar soni esa 1.7 million. 125 mingga yaqin odam radiatsiya oqibatida kelib chiqqan rakdan vafot etgan. Fojea ko’lami esa hozirgi hisobda $200 mlrd.ga baholanadi.

Manba: turfaolam.uz