Sotib olish qo’llanmasi

Mahsulotni xarid qilish (yuklab olish) uchun Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

1) Siz o’zingizga zarur mahsulotni belgilashingiz (1-buyruqda ko’rstilgnidek) yoki sayt yuqorisida joylashgan qidiruv maydoniga (2-buyruqda ko’rstilgnidek) so’rov yozish orqali topishingiz kerak.

2) So’ng zarur mahsulotni tanlang va «Savatchasiga qo’shish» tugmasini bosing (3-buyruqda ko’rsatilganidek).

3) Mahsulot avtomat ravishda savatchaga qo’shiladi. Mahsulotni ko’zdan kechirish va buyurtma qilish uchun savatchaga o’tishingiz zarur. Savatchaga 4,5 yoki 6-buyruqlardan xohlaganingizni bosib o’tishingiz mumkin.

4) Savatchadagi mahsulotlarni ko’zdan kechirganingizdan so’ng va buyurtma qilishga tayyor bo’lsangiz «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing (7-buyruqdagi kabi).

5) Keyingi bosqichda siz kerakli bandlarni to’ldirishingiz lozim.

– Agar siz ilgari bizdan xarid qilgan bo’lsangiz, unda faqatgina elektron manzilingizni (Email) hamda parolingizni kiritib buyurtma bera olishingiz mumkin. 8-buyruqda ko’rsatilgan joyni bosish orqali Elektron manzil va Parol bandlarini ochish mumkin.

– Agarda siz endi birinchi marotaba bizdan xarid qilayotgan bo’lsangiz unda «To’lov ma’lumotlari» panelida ko’rsatilgan: «Ismingiz», «Familiyangiz», «Elektron manzil (Email)», «Parol» maydonlarni to’ldirib, 9-buyruqni belgilab, 10-buyruq «To’lash» tugmasini bosish orqali xaridingizni amalga oshirishingiz mumkin.

Yodda tuting! Elektron manzilingizni to’g’ri kiriting, amalga oshirgan xaridlaringiz elektron manzilingizga ham yuboriladi. Elektron manzilingiz orqali xaridlaringizni muammosiz yuklab olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: «To’lov ma’lumotlari» panelida ko’rsatilgan maydonlarni to’ldirganingizdan (biror bir narsa xarid qilmagan taqdiringizda ham) so’ng avtomatik tarzda siz uchun akkaunt yaratiladi. Keyingi xaridlaringizni siz bemalol ushbu akkauntingiz orqali amalga oshirishingiz mumkin.

6) Buyurtmani rasmiylashtirib bo’lganingizdan so’ng to’lovni amalga oshirish jarayoniga o’tasiz. To’lovni CLICK (sms xabarnoma xizmati yoqilgan harqanday plastik karta) orqali amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun 11-buyruqni bosishingiz lozim.

7) Click orqali to’lash tugmasini bosganingizdan so’ng Siz to’lov jarayoniga o’tasiz. To’lov jarayonida sizga ikkita usul orqali to’lash taklif etiladi. 1-usul Click tizimiga ulangan telefon raqamingiz orqali, 2-usul sms xabarnoma xizmati yoqilgan istalgan plastik karta orqali. O’zingizga maqul bo’lgan usulni tanlang va belgilangan bandlarni to’ldirib, «Davomi» (Продолжить) tugmasini bosing.

8) Keyingiz bosqichda sms xabarnoma xizmati yoqilgan telefon raqamingizga tasdiqlash kodi yuboriladi. Ushbu kodni belgilangan bandga kiriting va 12-buyruqda ko’rsatilgan tugmani bosing.

9) Tasdiqlash kodini kiritib, «Tasdiqlash» (Подтвердить) tugmasini bosganingizdan so’ng bir necha soniya kuting. Shundan so’ng ekranda yuqorida ko’rsatilgan oyna paydo bo’ladi. U yerda «Bir necha soniyalardan so’ng siz saytga qayta yo’naltirilishingiz» yozib qo’yilgan. Shu sababli biroz kuting, siz avtomatik tarzda saytga qayta yo’naltirilasiz. Agar saytga qayta yo’naltirilmasangiz 13-buyruqda ko’rsatilgan yozuv ustiga bosing.

10) Siz saytga qayta yo’naltirilganingizdan so’ng xarid qilgan mahsulotingizni 14-buyruqda ko’rsatilgan «Yuklab olish tugmasi»ni bosish orqali muammosiz qabul qilib olasiz. Shuningdek kelgusida ham xaridlaringizni o’z kabinetingiz orqali qayta yuklab olishingiz mumkin bo’ladi. Xaridlaringiz kabinetingizda doimiy ravishda saqlanadi. Bundan tashqari xaridingiz elektron manzilingizga ham yuboriladi.